InnoLine — xavfsizlik tizimlari va IT xizmatlari KameraShop — Hikvision kameralari, Face ID va turniketlar onlayn do'koni
Imkoniyatlar

Davomatdan oylikgacha — har bir modul batafsil

Hammasi bitta bazada ishlaydi: kamera yozuvi tabelga, tabel oylikka, oylik xodim kabinetiga o'z-o'zidan o'tadi.

Face ID davomat

Hikvision terminali xodimni taniydi — kelish va ketish o'zi yoziladi. Karta, parol yoki qo'l bilan belgilash yo'q.

  • Xodim rasmi tizimdan terminalga bir tugma bilan yuboriladi
  • Kirish va chiqish alohida qurilma yoki bitta qurilmada navbatma-navbat
  • Takroriy skan 10 daqiqa ichida e'tiborsiz — ikki marta yozilmaydi
  • Qurilma uzilsa hodisalar keyin so'rab olinadi, yo'qolmaydi
  • Turniket shart emas — terminal devorga o'rnatiladi, davomat yoziladi
  • Terminalda allaqachon bor xodimlar tizimga import qilinadi — qaytadan kiritish shart emas
  • Server kameraga yeta olmasa (bulut) — ofisdagi Windows kompyuterga lokal agent o'rnatiladi, hodisalarni u yuboradi

Tungi smena va navbatchilik

16:00→08:00 kabi smenalar to'g'ri hisoblanadi: ertalabki chiqish oldingi kunga tushadi. Navbatchilik rejasi va uning to'lovi alohida.

  • Xodimga bir nechta smena biriktiriladi, oyga shablon bilan yoyiladi
  • Yozuv kalendar sanasiga emas, smena oynasiga qarab kunga tushadi
  • Bir kunda 2–3 smena (masalan kunduzi + kassa) — har biri alohida: normasi qo'shiladi, kech qolish har biri bo'yicha
  • Dam kuni rejada «D» bilan aniq belgilanadi — bo'sh kun dam emas, kelmasa «kelmadi»
  • Ertangi reja to'ldirilmagan bo'lsa HR'ga kechqurun eslatma, tabelda «reja yo'q» belgisi
  • Yangi oy rejasi o'tgan oydan bir tugmada ko'chiriladi — navbat tsikli uzilmaydi yoki hafta kuni bo'yicha
  • Navbatchilik kunlari alohida to'lov bilan hisoblanadi

Kech qolish, erta ketish, ortiqcha ish

Har kun uchun daqiqasigacha hisob. Rahbar ertalab Telegram'da kim kech qolganini ko'radi, kechqurun — kunlik hisobot.

  • Kechikish, erta kelish, erta ketish, ortiqcha ish — daqiqada
  • Erta kelish yoziladi, lekin to'lanmaydi; ortiqcha ish x1.5
  • Ruxsat etilgan kechikish (masalan 10 daqiqa) sozlanadi
  • Kech qolish va ortiqcha ish bo'yicha alohida hisobot va Excel
  • Jonli monitor: kim ichkarida, kim kech qoldi, kim kelmadi — o'zi yangilanadi
  • HR davomatni qo'lda tuzatadi: sabab majburiy, kamera yozuvi o'chmaydi, har amal audit jurnalida

Oylik maosh hisobi

Smena normasi, soatlik stavka, ortiqcha ish ×1.5, NDFL va INPS — bitta formula. Xodim o'z oyligini kabinetida ko'radi.

  • Norma = oydagi rejalashtirilgan smenalar soati; soatlik = maosh / norma
  • Bayram normaga kirmaydi; bayramda ishlagan kun ×2 to'lanadi (koeffitsient sozlanadi)
  • Tasdiqlangan ta'til va kasallik kunlari ham to'lanadi — xodim yo'qotmaydi
  • NDFL va INPS foizlari sozlamalarda, o'chirib ham qo'yiladi
  • Oylik hisobot Excel'da, har xodimga PDF varaqa

Jarima va premiya

Qo'lda yoki qoida bo'yicha avtomatik: oyiga N martadan ortiq kech qolsa — jarima. Xodimga sababi bilan xabar boradi.

  • HR qo'lda bonus, jarima yoki avans yozadi — izohi bilan
  • Qoida: oyiga N martadan ortiq kech qolsa yoki sababsiz kelmasa — avtomatik jarima
  • Bonus soliqqa tortiladi, jarima va avans qo'lga tegadigan summadan ushlanadi
  • Xodimga Telegram va push orqali darhol xabar — sababi bilan

Ta'til nazorati

So'rov → tasdiq → grafik. Yillik ta'til normasi ish yili bo'yicha kuzatiladi, bo'limda kesishuvlar ogohlantiriladi.

  • Xodim web yoki telefondan so'raydi, HR tasdiqlaydi
  • Yillik norma (standart 30 kun) ish yili — ishga kirgan sana yubileyi bo'yicha
  • Rangli holat: qizil — chiqmagan, sariq — muddat yaqin, yashil — bajarilgan
  • Ta'til grafigi: bo'limda bir vaqtda ketayotganlar ogohlantiriladi

Parkovka (ANPR)

Davlat raqamini o'qiydigan kamera avtomobilni xodimga bog'laydi — kirish va chiqish vaqti davomatga yoziladi.

  • ANPR kamera davlat raqamini o'qiydi, avtomobil xodimga biriktirilgan
  • Kirish vaqti davomatga ham yoziladi
  • Shlagbaumni HRControl emas, kameraning o'z ruxsat ro'yxati boshqaradi
  • Bir xodimga bir nechta avtomobil

Rollar va audit

Admin, HR, rahbar, xodim — har biri faqat o'ziga kerakli narsani ko'radi. Rahbar faqat o'z bo'limini, maoshni ko'rmaydi. Har bir o'zgarish jurnalda.

  • Admin — hammasi; HR — xodimlar, davomat, oylik; rahbar — faqat o'z bo'limi
  • Rahbar maoshni ko'rmaydi, boshqa bo'limni ocha olmaydi — server darajasida
  • Xodim faqat o'z kabinetini ko'radi
  • Har bir o'zgarish: kim, qachon, nimani — audit jurnalida
  • Kompyuter qarovsiz qolsa — sessiya o'zi yopiladi (web, Windows va mobilda rahbar/HR uchun; vaqti sozlanadi)

Excel va PDF

Oylik tabel, kech qolish, ortiqcha ish, jarima/premiya, yillik ta'til — hammasi Excel'ga. Oylik varaqasi PDF'da.

  • Oylik tabel, kech qolish, ortiqcha ish, jarima/premiya, yillik ta'til — Excel
  • Oylik varaqasi va xodimlar ro'yxati — PDF
  • Xodimlarni Excel shablonidan ommaviy import
  • Mobil ilova va Windows versiyada dashboard, mobilda oylik davomat trendi
  • Mobil ilovadan ham Excel va PDF yuklab olinadi
  • Bo'lim, lavozim, smena va bayram nomlari o'zbek va rus tilida — ruscha interfeysda ruscha
O'rnatish

Turniket shart emas

Kirish joyingiz qanday bo'lsa — shunga moslashamiz. Umuman qurilmasiz (telefon GPS) variantdan devordagi terminal va parkovkadagi ANPR kamerasigacha — hammasi bitta tizimga yoziladi.

Qurilmasiz — 0 so'm

Terminalsiz — telefon GPS

Hech qanday qurilma kerak emas. Xodim ish joyiga kelib ilovada «Keldim» bosadi — server telefon ofis radiusida ekanini tekshirib davomatga yozadi. Kichik jamoa, filial, dala xodimlari uchun.

  • Ofis nuqtasi va radius (masalan 150 m) bir marta sozlanadi
  • Radiusdan tashqarida yoki GPS aniqligi yomon bo'lsa — qabul qilinmaydi
  • Ixtiyoriy selfi: GPS ustiga old kamera rasmi xodim fotosi bilan solishtiriladi — telefonni kim ushlab turgani
  • Face ID bilan aralash: kimdir terminaldan, kimdir telefondan
Eng tez — 1 kun

Faqat Face ID terminal — turniketsiz

Terminal devorga yoki stendga o'rnatiladi. Xodim o'tayotib yuzini ko'rsatadi — davomat yoziladi. Eshik, turniket, qurilish ishlari kerak emas.

  • Ofis, klinika, do'kon, sex — har qanday kirish
  • Elektr va tarmoq kabeli kifoya
  • Kirish va chiqish bitta qurilmada navbatma-navbat
Ko'p tanlanadi

Turniket bilan

Terminal turniketni boshqaradi: tanigan xodimga ochadi, notanishga yo'q. Mavjud turniketingizga ham ulanadi — almashtirish shart emas.

  • Kirish va chiqish alohida terminal
  • Begona odam o'tolmaydi
  • Turniket va o'rnatish — kelishuv bo'yicha
Professional tarif

Parkovka — ANPR kamera

Kamera davlat raqamini o'qiydi, HRControl avtomobilni xodimga bog'lab kirish va chiqish vaqtini davomatga yozadi — mashinada kelganlar uchun terminal shart emas. Shlagbaumni kameraning o'z ruxsat ro'yxati ochadi.

  • Xodim mashinadan tushmaydi
  • Shlagbaum — kamera sozlamasidagi ruxsat ro'yxati bo'yicha
  • Face ID bilan birga yoki alohida

Barcha variantlar bitta serverga yoziladi — xodim qaysi yo'l bilan kirmasin, tabel bitta.

Terminal yoki turniket hali yo'qmi?

Hikvision Face ID terminallari, turniketlar va kameralarni hamkorimiz — KameraShop internet-do'konidan buyurtma qiling. O'rnatish va tarmoqni InnoLine mutaxassislari qiladi.

Kim uchun

Har bir rol o'ziga keragini ko'radi

Ruxsatlar serverda qat'iy: rahbar boshqa bo'limni ocha olmaydi, xodim faqat o'z kabinetini ko'radi.

HR mutaxassis

  • Tabel qo'lda to'ldirilmaydi
  • Oylik bir tugmada, Excel bilan
  • Ta'til so'rovlari bir joyda
  • Jarima/premiya sabab bilan

Bo'lim rahbari

  • Jonli tabel: kim keldi, kim yo'q
  • Ertalab Telegram'da kech qolganlar
  • Faqat o'z bo'limi — ortiqcha narsa yo'q
  • Telefonda ham ishlaydi

Xodim

  • O'z davomatini ko'radi
  • Oyligi qanday hisoblanganini biladi
  • Ta'tilni telefondan so'raydi
  • Jarima yozilsa — sababi bilan xabar

Direktor

  • O'z serverida yoki bulutda — tanlov o'zida
  • Har bir o'zgarish audit jurnalida
  • Kunlik hisobot Telegram'da
  • To'lov oylik — o'z serverida ham, bulutda ham
Qanday ishlaydi

Uch qadam — va tabel o'zi yuriladi

  1. 01

    Kamera o'rnatiladi

    Kirish joyiga Hikvision Face ID terminali qo'yiladi. Xodimlar ro'yxati va rasmlari tizimdan bir tugma bilan terminalga yuboriladi.

  2. 02

    Smena rejasi tuziladi

    HR har oy uchun kim qaysi kuni qaysi smenada ishlashini belgilaydi — shablon bilan bir necha daqiqada. Dam olish kuni «kelmadi» deb sanalmaydi.

  3. 03

    Tizim o'zi yuritadi

    Har hodisa 5 soniyada tabelga tushadi. Kech qolish, ortiqcha ish, oylik, jarima — hammasi avtomatik. HR faqat tasdiqlaydi va Excel'ni yuklab oladi.

Tizimni o'z ko'zingiz bilan ko'ring

20 daqiqalik demo, sizning misolingizda. Majburiyatsiz.

Qo'ng'iroq Demo so'rash