InnoLine — xavfsizlik tizimlari va IT xizmatlari KameraShop — Hikvision kameralari, Face ID va turniketlar onlayn do'koni
Platformalar

Ofisda, telefonda, internetsiz

Bitta server, bitta baza. HR kompyuterda ishlaydi, rahbar telefonda tabelni ko'radi, xodim telefondan ta'til so'raydi — hammasi bir joyga yoziladi.

Web panel

HR, rahbar va admin uchun to'liq boshqaruv. Har qanday brauzerda.

  1. 1Brauzerda tashkilotingiz manzilini ochasiz (masalan, kompaniya.hrcontrol.uz)
  2. 2Login/parol — HR, rahbar yoki admin
  3. 3Sozlash, hisobot, Excel — hammasi shu yerda

Android ilova

Xodim kabineti va rahbar tabeli. Push-bildirishnoma. Internetsiz oxirgi ma'lumot ochiladi.

  1. 1APK Telegram orqali yuboriladi, Play Market shart emas
  2. 2Birinchi kirishda tashkilot nomi yoki server manzili kiritiladi
  3. 3Push-bildirishnoma uchun ruxsat beriladi

iPhone (PWA)

Safari'da tashkilot manzilidagi /m/ sahifasi ochilib «Ekranga qo'shish» bosiladi — ilova sifatida ishlaydi, App Store shart emas.

  1. 1Safari'da tashkilotingiz manzili oxiriga /m/ qo'shib ochiladi (masalan, kompaniya.hrcontrol.uz/m/)
  2. 2«Ulashish» → «Ekranga qo'shish» (Add to Home Screen)
  3. 3Ilova ikonkasi paydo bo'ladi — o'rnatish shart emas

Windows (offline)

Internetsiz ishlaydigan mustaqil versiya — o'z bazasi, o'z kamera ulanishi. Kichik ofislar uchun.

  1. 1Bitta .exe fayl, o'rnatish 1 daqiqa
  2. 2Litsenziya kaliti kompyuterga bog'lanadi
  3. 3Kamera to'g'ridan-to'g'ri dasturga ulanadi, internet kerak emas

Telegram bildirishnomalar

Har kelish-ketish guruhingizga darhol yoziladi, kech qolish alerti, kunlik hisobot, kamera o'chsa ogohlantirish — bulutda ham, o'z serveringizda ham. Botdan ta'til so'rash — faqat o'z serveringizda o'rnatilganda.

  1. 1Xodim keldi, chiqib ketdi, qaytib keldi, ketdi — tashkilot Telegram guruhiga darhol
  2. 2Kech qolish, kunlik hisobot, kamera holati — HR va rahbarga avtomatik
  3. 3Xodimga — jarima/premiya sababi bilan va yillik ta'til eslatmasi
  4. 4Interaktiv bot (/start, botdan ta'til so'rovi) — faqat o'z serveringizda o'rnatilganda

Ma'lumot qayerda?

Barcha platformalar bitta serverga ulanadi — o'zingiznikiga yoki bizning bulutdagi tashkilotingiz manziliga (masalan, kompaniya.hrcontrol.uz). Windows offline versiya esa umuman serversiz, o'z bazasi bilan ishlaydi.

Tizimni o'z ko'zingiz bilan ko'ring

20 daqiqalik demo, sizning misolingizda. Majburiyatsiz.

Qo'ng'iroq Demo so'rash